platina.uz
Siyosat

Sherzod Asadov "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi

Sherzod Asadov vazminligi, diplomatik mahorati, soʻzga va axborotga nihoyatda masʼuliyat bilan yondashishi, eng murakkab vaziyatlarda ham muvozanatni saqlay olishi bilan katta hurmat qozongan. Uning yillar davomidagi samarali mehnati va yuksak professionalligi davlat darajasida munosib eʼtirof etildi.

Sherzod Asadov "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Sherzod Ikromovich Asadov - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi – Prezident matbuot kotibi orden bilan mukofotlandi.

Eslatib oʻtamiz, Komil Allamjonov ham ushbu orden bilan mukofotlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid