Qozogʻistondagi YTHda 3 nafar oʻzbekistonlik qurbon boʻldi
Qiziloʻrda viloyatida “Nexia-2” “Kamaz” yuk avtomobili bilan toʻqnashgan.

Qozogʻistondagi YTHda oʻzbekistonliklar halok boʻldi.
FVV Qiziloʻrda viloyatida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.
2026 yil 22 avgust kuni Qozogʻiston Respublikasi, Qiziloʻrda viloyati, davlat ahamiyatidagi “Qorabutak-Qiziloʻrda-Chimkent” avtomobil yoʻlining 1831-1836 km.da Birkazan tumanida harakatlangan “Nexia-2” avtomobili va “Kamaz” rusumli yuk avtomobillari toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Nexia-2” avtomobili salonida boʻlgan 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzdi. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila aʼzolariga har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining masʼul xodimlari Qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
