platina.uz
Jamiyat

Prezident fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat vakillarini mukofotladi

Ilyos Arabov va Yulduz Turdiyeva “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 

Prezident fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat vakillarini mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz besh yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

Arabov Ilyos Ismatovich - Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti oʻqituvchisi

Turdiyeva Yulduz Choriyevna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

Jamoldinov Akmaljon Zaylobidinovich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi bosh rassomi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni bilan

Israilov Shukurulla Axmadkulovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi badiiy soʻz ustasi

Yuldashev Bobur Baxadirovich - “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari

Yuldashev Shoxrux Alisherovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Djamilova Gulchexra Mannonovna - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri faxriy aktrisasi

Madraimov Abdumalik Abduraimovich - Andijon shahridagi “Gʻijjak Boburiy” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

Aslanova Yelena Yurevna - Samarqand viloyati gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi katta murabbiysi

Temirov Vohidjon Omonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rum kurashi boʻyicha katta murabbiysi, Toshkent viloyati

“Imom Buxoriy” ordeni bilan

Ibodullayev Maxmud - Payariq tumanidagi “Imom al-Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati

Islamov Zaxid Maxmudovich - Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori

Ishmatbekov Xamid Baxramovich - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari

Mansurov Azizjon Dadajanovich - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi

Razakov Gafur - Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” masjidi imom-xatibi, Buxoro viloyati

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Ashurov Ravshan Radjabovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri

Gulyamova Tashxan Gafurovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri

Elmurodov Karimali Sadinovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xirurgiya boʻlimi shifokori

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdullayev Ikram Iskandarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi

Annakulov Omon Bobokulovich - Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiysi

Assakalov Rustam Sxatbiyevich - Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Ismailova Janat Xamidovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

Maxmudov Nizomitdin Mamadaliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Nariyev Eduard Ustemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori

Piyazov Jenisbek Burkitovich - erkin ijodkor, opera xonandasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Sultanov Karim - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori

Toʻrayev Halim - Buxoro davlat universitetining Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori

Xatamova Oygul Kiyomovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori

Xayitov Tulkun Mingbayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi mudiri

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abadiyeva Tatyana Muratovna - Toshkent shahri 5-tumanlararo ftiziatriya dispanseri kattalar boʻlimi ftiziatri

Avezdurdiyeva Amangul Orunovna - Toshkent shahar turkman madaniy markazi raisi

Galiyev Rashid Talipovich - “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati fotomuxbiri

Gafurova Lazizaxon Akramovna - Oʻzbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasi professori

Islamshikov Zuxriddin - Oʻzbekiston qirgʻiz milliy madaniy markazi aʼzosi

Kadirov Buri Xudayshukurovich - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi

Kemal Yavuz Ataman - “Donishmand maslahat tashqi savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Donishmand” yuridik byurosi direktori

Koroli Mexriya Anvarovna - Toshkent davlat texnika universitetining termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori

Kudishkin Valentin Olegovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti loyiha rahbari

Levteyeva Larisa Georgiyevna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi

Madrimov Israil Modraximovich - professional bokschi

Mamedov Narmurat Gurbanovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali Mirishkor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri

Sotiboldiyeva Nilufar Jamshidovna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi konsert dasturlari boshlovchisi

Tursunov Gʻaybullo Mufitillo oʻgʻli - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Umbetayev Asqar Nurbayevich - Qoraqalpogʻiston qozoq milliy madaniy markazi raisi

Umirzakova Nilufar Talibjanovna - “O‘zbekiston” radiokanalining maʼrifiy, badiiy dam olish dasturlar muharririyati katta muharriri

Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich - Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati

Soy Radion Isekovich - Oʻzbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Koreya madaniyat saroyi direktori

Chistopolova Tatyana Valerevna - “Slavutich” respublika ukrain madaniyat markazining Olmaliq shahar boʻlimi raisi

Sharipov Abdukarim - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati boʻlimi raisi

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Mustafayeva Nodira Abdullayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi rahbari

Raxmankulova Zuxra Jandarovna - Toshkent davlat tibbiyot universitetining neonatologiya kafedrasi professori

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Raxmanova Nazira - Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi direktori

Raxmatullayev Izatulla - Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tibbiy va biologik-kimyo kafedrasi dotsenti, Fargʻona viloyati

Suyunov Akram Olimovich - Urgut tumanidagi 118-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Xolmatov Baxtiyor Rustamovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti direktori

Ergashev Sirojiddin Fayazovich - Fargʻona davlat texnika universitetining elektronika va asbobsozlik kafedrasi professori, Fargʻona viloyati

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Arziqulov Toʻraqul Narziqulovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali neyroxirurgiya boʻlimi mudiri

Boboqulov Xudoyshukur Boʻronovich - Qumqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi reanimatsiya boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Mavlyanova Raxima Abdishukurovna - Olmaliq shahridagi oilaviy poliklinikasi boʻlim mudiri, Toshkent viloyati

Maxmudov Ilxom Nurmurodovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi boʻlim mudiri

Olimov Nemat Kayumovich - Toshkent farmatsevtika institutining farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri

Rayimjonov Xurshidbek Xamidullayevich - Baliqchi tumanidagi “Chinobod fayz plyus” shifoxonasi rahbari, neyroxirurg, Andijon viloyati

Saliyev Yaxiya Mamutjanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filiali shifokori

Ten Lyubov Vasilevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali jonlantirish boʻlimi anesteziolog-reanimatologi

Toʻrayev Telmon Temirovich - Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-pediatriya kafedrasi dotsenti, Buxoro viloyati

Turayeva Nazira Shukurovna - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati hududiy filiali boʻlim mudiri

Shomurodov Habibullo Fayzullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti bosh ilmiy xodimi

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Aslonova Shahlo Gʻaniyevna - Romitan tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perenatal markazi neoreanimatsiya boʻlimi mudiri, Buxoro viloyati

Jalolov Ulugʻbek Muzafarovich - Kitob tumanidagi 45-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Iskandarov Farxod Abdullayevich - Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya boʻlimi rentgenoxirurgi

Ismoilova Dilfuza Ibragimjanovna - Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar boʻlimi katta hamshirasi, Andijon viloyati

Rashitova Munavvar Kamilovna - Xiva shahar tibbiyot birlashmasining 1-oilaviy poliklinikasi oila shifokori, Xorazm viloyati

Tashmatova Komilaxon Turayevna - “Bolajon” telekanalining teleloyihalar ishlab chiqarish muharririyati bosh muharriri

Xaydarova Zamira Kaxarovna - Samarqand tumani sogʻliqni saqlash boʻlimining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Abdukarimov Abdurashid Dilshod oʻgʻli - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining shifokor-xirurgi

Abdurazoqov Doniyor Muxtor oʻgʻli - Shirin energetika texnikumi oʻquvchisi, Sirdaryo viloyati

Baxtiyarova Diana Daniyar qizi - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻqituvchisi

Yeraliyev Xudiyar Baxtiyarovich - Moʻynoq tumani sport maktabining futbol boʻyicha murabbiysi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ismatov Diyorbek Nozim oʻgʻli - Shirin energetika texnikumi oʻquvchisi, Sirdaryo viloyati

Isroilov Otabek Odiljon oʻgʻli - Oʻrta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mashʼal” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri, Toshkent viloyati

Rustamov Dilmurod Zarifboy oʻgʻli - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayev Miraʼzam Mirodil oʻgʻli - Shoyxontohur tumanidagi “Englify” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Teacher Azam” sahifasi asoschisi, Toshkent shahri

Abdiraxmonov Ravshan Ruzimurodovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi

Abidova Shaxloxon Qodirjonovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Namangan” radiokanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy va koʻngilochar dasturlar muharririyati sharhlovchisi

Ametova Guljaxan Fayzullayevna - Nukus shahridagi 14-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Askarov Dilshodbek Qobilovich - “Vodiy1.uz” tahririyati muharriri

Baxritdinov Nuriddin Shamsiddinovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali yurak-qon tomir jarrohlik boʻlimi jarrohi

Bosimov Nuriddin Saidkosimovich - Zarbdor tumandagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna - Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati

Gʻaniyeva Farangiz Bayotovna - Buxoro tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Gafurov Umidjon Ilxomovich - Mirobod tumanidagi “Thebase” xususiy korxonasi rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Troll.uz” loyihasi asoschisi, Toshkent shahri

Gofurova Diloram Baxadirovna - Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich - Qoraoʻzak tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna - Qoʻqon davlat universitetining gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani, Fargʻona viloyati

Jurayev Alimjon Usarovich - Zangiota tumanidagi “Zangiota” masjidi mutavallisi, Toshkent viloyati

Islamov Sharifjon Ganidjanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri

Ismoilova Maxliyoxon Xabibullo qizi - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Fargʻona viloyati

Ishanxodjayev Saidaziz Saidnabi oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi oʻrinbosari

Karimov Muzafar Kuvondikovich - Yengil atletika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi

Karshiyev Faxridin Umarovich - Termiz davlat universitetining texnologik taʼlim kafedrasi professori, Surxondaryo viloyati

Kiskin Andrey Nikolayevich - Guliston shahridagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna - Uchqoʻrgʻon tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati

Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich - Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori

Nurmamatov Furqat Abdugʻaniyevich - Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati

Rasulov Zokir Pardayevich - Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

Rahmatov Jalol Azamatovich - Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fransuz tili fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Rixsiyeva Gulbaxor Tashpulatovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi kichik tibbiy xodimi

Sabirova Aysha Atabayevna - Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi laboranti

Sagitov Mirxan Mirgaziyan - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi marafonlarni tashkillashtirish boʻlimi boshligʻi

Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna - Qoʻrgʻontepa tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Surʼatxoʻjayev Salohiddinxoʻja Ulugʻbek oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi

Turayev Sarvarbek Kenjaboyevich - “Surxondaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Surxondaryo telekanali” muharririyati bosh muharriri

Turakulov Kaxraman Izatullayevich - “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi

Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining jahon adabiyoti kafedrasi mudiri

Eshmurodova Muyassar - Nurota tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Navoiy viloyati

Yuldashev Elyor Turgunpulatovich - “Namangan International University and School” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Namangan viloyati

Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid