platina.uz
Jamiyat

Timur Ismailov Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi etib tayinlandi

 U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi edi. 

Timur Ismailov Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi etib tayinlandi

Polkovnik Ismailov Timur Kamalitdinovich ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi edi.

Ichki ishlar vazirligida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va aholi osoyishtaligini mustahkamlash borasida Davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilishda Prezidentning tegishli qarori bilan polkovnik Ismailov Timur Kamalitdinovich Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi lavozimidan ozod etildi.

​Lavozimga yangi tayinlangan rahbarga jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli vazifalar yuklatildi.

Eslatib oʻtamiz, avval bu lavozimda ishlagan Rustam Joʻrayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid