platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva may oyida belgilangan rejalar ijrosini tekshirish uchun Buxoroga bordi

​“Joʻyzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi. Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. ​Tashrif yakunida “Yetti pir” qadamjolari ziyorat qilindi. 

Saida Mirziyoyeva may oyida belgilangan rejalar ijrosini tekshirish uchun Buxoroga bordi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoroga bordi.

Mirziyoyeva may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini koʻzdan kechirganini maʼlum qilgan.

​“Joʻyzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi.

Shu yerning oʻzida baliqchilik xoʻjaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 oʻrinli zamonaviy bogʻcha barpo etildi.

​Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Joʻyi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki toʻlaqonli sayohat maskaniga aylantirishdir.

​Tashrif yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolari ziyorat qilingan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid