"Oʻzbekfilm"ning mol-mulki va yer maydonlari garovga qoʻyilgani maʼlum boʻldi
Bundan tashqari, soliqlardan 1 mlrd soʻmdan ortiq qarzdorlik toʻplangan. Shu sabab kinostudiya balansidagi 12 ta avtomobil 12 kun ichida auksionga qoʻyilishi xavfi bor. Xodimlar oldida ish haqi boʻyicha ham qarzdorlik mavjud.

Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov "Oʻzbekfilm" studiyasidagi ogʻir vaziyat haqida yozdi.
Unga koʻra, "Oʻzbekfilm"ning 22,9 mln yevro kredit qarzi bor, mol-mulki va yerlari garovga qoʻyilgan.
Studiyaning 22,9 mln yevro kredit majburiyati bor, ushbu kredit uchun uning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham garovga qoʻyilgan.
Bundan tashqari, soliqlardan 1 mlrd soʻmdan ortiq qarzdorlik toʻplangan. Shu sabab kinostudiya balansidagi 12 ta avtomobil 12 kun ichida auksionga qoʻyilishi xavfi bor. Xodimlar oldida ish haqi boʻyicha ham qarzdorlik mavjud.
Ahmedovning yozishicha, "Oʻzbekfilm" oʻzini saqlab turishi uchun yiliga kamida 60 mlrd soʻmlik buyurtma bajarishi kerak. Ayni paytda kinostudiya amalda davlat buyurtmalariga qaram boʻlib qolgan va toʻliq bozor mexanizmiga oʻtmagan.
"Shuning uchun bugungi vazifa – studiyani shunchaki saqlab qolish emas.Uni tubdan isloh qilish kerak.Moliyaviy jihatdan barqaror, zamonaviy boshqaruvga ega, kuchli ijodiy jamoalarni birlashtiradigan, xususiy investitsiya va xalqaro hamkorlikni jalb qiladigan, oʻz mahsuloti bilan bozorga chiqadigan haqiqiy milliy kino kompaniyasi barpo etishimiz kerak", deya xulosa qilgan Ahmedov.
