Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
U shu paytga qadar “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Sharopov 1984 yil 27 yanvarda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2002 yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari boʻlimi iqtisodiy boʻlinmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi (2014-2020), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori oʻrinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
