platina.uz
Siyosat

Ilhom Aliyev Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Ozarbayjon prezidenti mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy muloqot juda yuqori darajada ekanini taʼkidlagan. 

Ilhom Aliyev Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan  keladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Aliyev bu haqda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)ga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

“Ikki qardosh mamlakat – Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar umumiy tarix, madaniyat, til va maʼnaviy qadriyatlarga, shuningdek, xalqlarimizning asrdan-asrga, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan birligi, hamjihatligi va chuqur oʻzaro hamdardligiga asoslangan.

Ushbu mustahkam poydevorga qurilgan davlatlararo munosabatlar soʻnggi yillarda misli koʻrilmagan rivojlanish davriga kirdi, eng yuqori darajaga – ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi va mutlaqo yangi maʼno kasb etdi”, dedi Ozarbayjon rahbari tashrif oldidan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini baholar ekan.

“Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ,bilan oʻrtamizdagi samimiy doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch ozarbayjon-oʻzbek birodarligini mustahkamlashda, davlatlararo aloqalarni hozirgi darajaga koʻtarishda va ittifoqimizni rivojlantirishda alohida rol oʻynaydi. Prezident Mirziyoyevning mamlakatlarimiz oʻrtasidagi birodarlik, birlik va ittifoq yoʻlidagi tinimsiz va qatʼiyatli faoliyati Ozarbayjonda unga chuqur hurmat va mehr-muhabbat keltirdi”, dedi davlatimiz rahbari.

"Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy muloqot juda yuqori darajada", deya baholadi Ilhom Aliyev.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid