Behruz Karimov otasi Qozogʻistondagi qurilishda oddiy ishchi boʻlib ishlashini maʼlum qildi
U turli klublardan katta maoshli takliflar olganini, biroq oʻyin amaliyotiga ega boʻladigan jamoani tanlaganini aytgan. Karimov faoliyatida otasining oʻrni katta ekanini taʼkidladi.

Shveysariyaning "Lugano" va Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi, 19 yoshli Behruz Karimov Yevropada karerasini davom ettirish uchun saxiy moliyaviy takliflarni nima uchun rad etganini va bunda otasining rolini tushuntirdi.
Bu haqda Championat.asia xabar berdi.
"Oilamiz kambagʻal deb aytmagan boʻlardim. Odil Ahmedov yaqinda bergan intervyusida: "Eng muhimi, otam tirik", dedi. Men ham otam borligidan minnatdorman. U hali ham Qozogʻistonda oddiy qurilish ishchisi boʻlib ishlaydi. Men turli klublardan katta maosh bilan koʻplab takliflar oldim, lekin kareram haqida oʻylaganimda, oʻyin amaliyoti oladigan jamoani tanlayman. Ikki yil pul topib, keyin yoʻqolib ketishdan koʻra, maqsadim kelajakda yuqori darajaga erishish.
Otam menga: "Pul haqida oʻylama, futbol haqida oʻyla, shunda men ishlashda davom etaman", dedi. Otam futbolim uchun hech narsasini ayamadi va meni doim qoʻllab-quvvatladi", dedi Karimov.
19 yoshli Karimov Oʻzbekiston terma jamoasi safida Jahon chempionatida oʻynadi. U Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushganidan soʻng, "Surxon"dan "Lugano"ga oʻtdi.
