platina.uz
Jamiyat

Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi

U avval Buxoro tumani statistika boʻlimi mutaxassisi, Buxoro tumani bandlikka koʻmaklashish markazi direktori, Kogon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan.

Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi

Anvar Hamroyev Buxoro viloyati, Peshku tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

​Viloyat hokimi Hayot Hasanovich Davlatovning Buxoro viloyati hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qoʻyilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

​Shundan soʻng Botir Zaripov 2020 yildan beri viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Ashurovich Hamroyev nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarorini oʻqib eshittirdi.

​Anvar Hamroyev 1978 yilda Buxoro tumanida tugʻilgan, 1997 yilda Buxoro kooperativ texnikumini va 2003 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan, mutaxassisligi - moliyachi va iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini Buxoro tumani statistika boʻlimi mutaxassisi lavozimida boshlab, Buxoro tumani bandlikka koʻmaklashish markazi direktori, Kogon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan.

​Yakunda Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid