platina.uz
Jamiyat

Tramp Eronga qarshi "eng halokatli iqtisodiy operatsiya" boshlanganini eʼlon qildi

Oq uy rahbari bugundan boshlab Eronga har qanday yordam koʻrsatadigan har qanday mamlakat "ulkan iqtisodiy oqibatlarga duch kelishini" eʼlon qildi.

Tramp Eronga qarshi "eng halokatli iqtisodiy operatsiya" boshlanganini eʼlon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi "eng halokatli iqtisodiy operatsiya" boshlanganini eʼlon qildi. U bu haqda oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozgan.

"Hech kim Eron Islom Respublikasiga mendan koʻra koʻproq kelishuvga erishish imkoniyatini bermagan. Ular uchun bu fojia, chunki bundan foydalanmadilar. Shuning uchun bugun men vayronkor iqtisodiy operatsiya eʼlon qilyapman! Bu misli koʻrilmagan miqyosdagi iqtisodiy urush va izolyatsiya boʻladi", deb yozgan u.

Oq uy rahbari bugundan boshlab Eronga har qanday yordam koʻrsatadigan har qanday mamlakat "ulkan iqtisodiy oqibatlarga duch kelishini" eʼlon qildi.

"Barcha ittifoqchilarimiz Eron tahdidini izolyatsiya qilish va yengish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan yelkama-yelka turishlari kerak", dedi Tramp.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti Eron "hech qachon yadroviy qurolga ega boʻlmaydi" degan gapni yana bir bor taʼkidladi.

Bir kun oldin CNN AQSh rasmiyasiga tayanib, Tramp Eronga nisbatan yondashuvini oʻzgartirganini, keyingi muzokaralardan voz kechganini va Tehronga bosimni bosqichma-bosqich oshirishni taʼkidlaganini xabar qildi.

18 avgust kuni Tramp oʻzining Truth Social sahifasida Hormuz boʻgʻozi xaritasini "AQShning yangi hududi" sarlavhasi ostida joylashtirdi. Bunga javoban Eron tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Kazem Gʻaribobodiy Tramp Hormuz boʻgʻozini AQSh hududi deb atashda adashganini va Eron tez orada buni tuzatishini aytdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid