Murod Abduazimov Boʻka tumani hokimi etib tayinlandi
Avvalgi rahbar Sardor Isoqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etilgan edi.

Murod Abduazimov Boʻka tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tahliliy maʼruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Boʻka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isoqulov avvalroq boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etilgan edi.
Zoyir Mirzayev Boʻka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda "Agrobank" ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Abdazimov Murod Ilhomovich nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi Murod Abdazimovni tuman hokimi etib tasdiqladi.
