platina.uz
Jamiyat

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik markazlarga joylashtirish tartibi belgilandi

Koʻcha, vokzal, bozor, yer osti yoʻlaklari, yashash uchun moʻljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar aniqlanadi hamda ularga Markaz xizmatlaridan foydalanish taklif etiladi.

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik markazlarga joylashtirish tartibi belgilandi

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (447-son, 18.08.2026 y.) bilan “Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Ushbu Reglament muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga (Markaz) joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Reglamentga koʻra, ichki ishlar organlari xodimlari hamda mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan:

- koʻcha, vokzal, bozor, yer osti yoʻlaklari, yashash uchun moʻljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar aniqlanadi hamda ularga Markaz xizmatlaridan foydalanish taklif etiladi.

Voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs joylashish uchun Markazga bevosita murojaat qiladi.

Bunda voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning voyaga yetmagan farzandlari mavjud boʻlsa, ular ushbu shaxs bilan birgalikda joylashtiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul boʻlimlari tomonidan ular olib kelingan vaqtda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Mazkur tibbiy koʻrikda shaxsda Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari hamda yuqumli kasalliklar mavjud boʻlmagan taqdirda Markazga qabul qilinadi.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan soʻrovnomani toʻldirish uchun maʼlumotlarning taqdim etilishi, uning Markazga joylashtirish, Markazning ichki tartib-qoidalariga amal qilishga roziligini bildiradi.

Soʻrovnoma shakllantirilganidan soʻng muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs Markazga 7 kunga joylashtiriladi.

Ayrim belgilangan holatlarda Markazda qolish muddati 6 oyga uzaytirilishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid