platina.uz
Siyosat

Xorazm viloyati hokimiga oʻrinbosar va Gurlanga hokim tayinlandi

​Sherzod Berdiyev tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. 

Xorazm viloyati hokimiga oʻrinbosar va Gurlanga hokim tayinlandi

Xorazm viloyati hokimiga oʻrinbosar va Gurlan tumaniga hokim tayinlandi.

Berdiyev Sherzod Jumanazarovich – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

​Sherzod Berdiyev tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

​Artiqov Odilbek Sadullayevich– xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

​Odilbek Artiqov tayinlovga qadar Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid