BAA Eron bilan barcha savdo va moliyaviy operatsiyalarni toʻxtatdi
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu harakatni siyosiy vaziyatning keskinlashishi va mintaqadagi xavfsizlikka tahdid bilan izohladi.

Birlashgan Arab Amirliklari raketa hujumlaridan soʻng Eron bilan barcha savdo va moliyaviy operatsiyalarni toʻxtatdi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu harakatni siyosiy vaziyatning keskinlashishi va mintaqadagi xavfsizlikka tahdid bilan izohladi.
Avvalroq, BAA havo mudofaasi tizimlari bitta raketani mamlakat chegaralaridan tashqarida toʻxtatib qolgan, ikkinchisi esa hududiy suvlarga tushib ketgan - ehtimol tijorat kemalarini nishonga olgan.
Ushbu hujumlar sabab hech kim jarohat olmagan.
Oʻz navbatida, Eron bunday harakatlar yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari tamoyillariga zid ekanligini taʼkidlab, uchirilgan raketani oʻziga tegishli ekanini rad etmoqda.
