platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Qirgʻiziston fuqarolari uchun 20 ta grant ajratdi

Ular davlat OTMlaridagi maktabgacha taʼlim, kompyuter muhandisligi, agronomiya va boshqa yoʻnalishlarga qabul qilinadi. 

Oʻzbekiston Qirgʻiziston fuqarolari uchun 20 ta grant ajratdi

Oʻzbekiston Kirgiziston fuqarolari uchun 2026–2027 oʻquv yilida davlat granti asosida oʻqish uchun 20 ta kvota ajratdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ajratilgan oʻrinlarga nomzodlarni saralash Osh davlat universiteti tomonidan amalga oshiriladi.

Bu yil qirgʻizistonlik abituriyentlarga quyidagi bakalavriat yoʻnalishlarida oʻqish imkoniyati taqdim etiladi:

  • Maktabgacha taʼlim — 4 ta oʻrin;
  • Kompyuter muhandisligi — 4 ta oʻrin;
  • Agronomiya — 4 ta oʻrin;
  • Suv xoʻjaligi va melioratsiya — 2 ta oʻrin;
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish — 2 ta oʻrin;
  • Qurilish muhandisligi — 4 ta oʻrin.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • Anketa (ariza shakli);
  • Oʻrta umumiy yoki oʻrta maxsus/kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi diplom yoki shahodatnoma nusxasi;
  • Pasport nusxasi;
  • Belgilangan shakldagi rus tilidagi tibbiy maʼlumotnoma;
  • 3,5 × 4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli surat.

Tanlov jarayonida nomzodlar tanlagan oʻqitish tilini bilishini namoyish etishi va ikkita profil fan boʻyicha sinovlardan oʻtishi kerak. Imtihon 5 balli tizimda baholanadi.

Oʻzbekistonning oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqitish oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Oʻzbek tilida oʻqitish lotin grafikasiga asoslanganligi sababli, nomzodlarning lotin alifbosini bilishi ham hisobga olinadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid