platina.uz
Jamiyat

Avtobusda yoʻl haqini toʻlamaganlik uchun jarima keskin oshishi mumkin

Hozirda ushbu jarima BHMning oʻndan bir qismi — 41 200 soʻmni tashkil etadi. Agar taklif maʼqullansa, jarima miqdori 5-10 barobar oshadi. 

Avtobusda yoʻl haqini toʻlamaganlik uchun jarima keskin oshishi mumkin

2026 yilning 1 sentabridan avtobusda yoʻl haqini toʻlamaganlik uchun jarima keskin oshishi mumkin.

Yangi tartib tasdiqlansa, birinchi marta yoʻlkira toʻlamagan yoʻlovchiga 220 ming soʻm, bu holat takrorlansa, 440 ming soʻm jarima solinadi. Hozirda avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarima BHMning oʻndan bir qismi — 41 200 soʻmni tashkil etadi.

Shahar avtobuslarida yoʻl haqi toʻlash qatʼiy tartibga solinadi. Bu haqda Toshkent shahar yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi direktori Muhammadjon Qahhorov maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasi 276-qarorida tegishli idoralarga chiptasiz yurganlik uchun jarima jazosini kuchaytirish boʻyicha taklif berish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda tegishli takliflar ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

​2026 yil 1 sentabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida toʻlov qoidalari qatʼiylashadi.

​Yangi tartibga koʻra yoʻlovchilar avtobusga chiqishi bilan yoʻlkira haqini toʻlashlari shart etib belgilandi.

Aytilishicha, 2026 yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida 82 mingdan ortiq yoʻlovchi yoʻl haqini toʻlamagani aniqlangan. Huquqbuzarlardan 2 mlrd soʻmdan ziyod jarima pullari undirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid