Tramp AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashgʻulotlarini qisqartirishni buyurdi
AQSh rahbari Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan "juda yaxshi munosabatlari" borligini taʼkidlagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon kotibi Pit Xegsetga Koreya Respublikasi bilan qoʻshma harbiy mashqlar koʻlamini kamaytirishni buyurdi.
Tramga koʻra, ular Shimoliy Koreyaga "dushmanlik signali" yuboradi.
Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan "juda yaxshi munosabatlari"ni yana bir bor taʼkidladi va "Qoʻshma Shtatlar uzoq vaqt oldin Janubiy Koreya bilan qoʻshma harbiy mashqlarda ishtirok etishga rozi boʻlganidan" noroziligini bildirdi.
"Bu mashqlar nafaqat qimmat, chunki odatdagidek AQSh xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi, balki Donald Tramp prezidentligi davrida hech qanday tahdid solmagan va hurmat koʻrsatgan mamlakatga mutlaqo nooʻrin va dushmanlik signalini ham yuboradi. Shuning uchun mashqlarni bekor qilish uchun juda kech ekanligini hisobga olib, men Mudofaa vaziri Pit Xegsetga qoʻshma harbiy mashqlar koʻlamini sezilarli darajada kamaytirishni buyurdim!" — deb yozdi davlat rahbari Truth Social’da.
Shimoliy Koreya tomoni ham AQSh-Janubiy Koreya mashqlari arafasida jiddiy bayonotlar bilan chiqdi va ularni xavfsizlikka tahdid deb atadi.
