platina.uz
Jamiyat

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga joʻnatishni vaʼda qilganlar ushlandi

Muqaddam sudlangan shaxs oʻzining tanishlari orqali 6 nafar fuqaroni Slovakiya Respublikasiga ishga yuborish evaziga 145 mln soʻm talab qilgan. 

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga joʻnatishni vaʼda qilganlar ushlandi

Xorijga ishga joʻnatish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi.

​Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi.

​Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam sudlangan shaxs oʻzining tanishlari orqali Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 6 nafar fuqaroni Slovakiya Respublikasiga ishga yuborish evaziga 145 mln soʻm talab qilib, oldindan 85 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida xorijiy davlatlarga viza olish boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi MChJ rahbari poytaxtda istiqomat qiluvchi, 2002 y.t. fuqaroning aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, viza rasmiylashtirish orqali uni Germaniyaga ishga yuborish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Bu kabi qonunbuzilish holati Toshkent viloyatida ham qayd etilib, jumladan Zangiota tumanida yashovchi, 1993 y.t. ayol aldov yoʻli bilan Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, viza rasmiylashtirgan holda uni Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborish evaziga 5900 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

​Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid