Oʻzbekiston terma jamoasi Argentina bilan oʻynaydi
Oʻyin 30 sentabr kuni Xitoyda boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi Argentina bilan oʻynaydi.
Championat.asia xabariga koʻra, Fabio Kannavaro murabbiyligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi Argentinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Oʻyin 30 sentabr kuni Xitoyda boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Undan oldin, yaʼni 24 sentabr kuni Kannavaro jamoasi Toshkentda Eron bilan oʻynaydi.
Bundan tashqari, 6 oktabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
