platina.uz
Iqtisod

Muddatli toʻlov xizmati operatorlari ish boshlaydi

Muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxs (banklar va mikromoliya tashkilotlari bundan mustasno) muddatli toʻlov xizmati operatori deb eʼtirof etiladi. 

Muddatli toʻlov xizmati operatorlari ish boshlaydi

Muddatli toʻlov xizmati operatorlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

“Aholiga muddatli toʻlov xizmatlari koʻrsatilishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–294-son, 14.08.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2027 yil 1 yanvardan muddatli toʻlov xizmati operatorlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxs (banklar va mikromoliya tashkilotlari bundan mustasno) muddatli toʻlov xizmati operatori deb eʼtirof etiladi.

Yuridik shaxslarning muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan Muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritilgandan soʻng vujudga keladi.

Yuridik shaxslar quyidagi tartibda Reyestrga kiritiladi:

- banklar, mikromoliya tashkilotlari Markaziy bankni xabardor qilish orqali;

- boshqa yuridik shaxslar Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtish orqali.

Koʻchmas mulk, shuningdek, qonunchilikka muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mulk muddatli toʻlov xizmati obʼekti boʻlishi mumkin emas.

Muddatli toʻlov xizmati operatoriga:

- moliyaviy isteʼmol kreditlarini ajratish hamda jismoniy shaxslardan pul mablagʻlarini jalb qilish taqiqlanadi;

- muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish shartnomalari boʻyicha talab qilish huquqidan faqat boshqa muddatli toʻlov xizmati operatori, mikromoliya tashkiloti va banklar foydasiga voz kechish huquqi beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid