platina.uz
Jamiyat

Kapitan Boburmirzo Pardayev soʻnggi manzilga kuzatildi

U Uchtepa tumanidagi yongʻinda safdoshlari bilan birga yonayotgan uydan odamlarni olib chiqib, shaxsan yetti kishining hayotini qutqarishga ulgurgandi. 

Kapitan Boburmirzo Pardayev soʻnggi manzilga kuzatildi

Kapitan Boburmirzo Pardayev soʻnggi manzilga kuzatildi.

FVV maxsus qutqaruv bataloni guruh komandiri Boburmirzo Pardayev oilasi, yaqinlari, vazirlik rahbariyati va yuzlab hamkasblari tomonidan oʻzi tugʻilib oʻsgan Samarqand viloyatida soʻnggi manzilga kuzatildi.

Eslatib oʻtamiz, 15 avgust kuni Uchtepa tumanida yuzaga kelgan yongʻinni oʻchirish chogʻida FVV Maxsus qutqaruv batalyoni guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev fojiali tarzda halok boʻldi.

​U safdoshlari bilan birga yonayotgan uydan odamlarni olib chiqib, shaxsan yetti kishining hayotini qutqarishga ulgurdi.

Shu inson sababli yetti jon omon qoldi. Biroq tom qismining toʻsatdan qulab tushishi oqibatida Boburmirzoning oʻzi hayotdan koʻz yumdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid