platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi yongʻinda FVV qutqaruvchisi halok boʻldi

Kapitan Boburmirzo Pardayev insonlarni qutqarish vaqtida qurbon boʻlgan. 

Toshkentdagi yongʻinda FVV qutqaruvchisi halok boʻldi

Toshkentda FVV qutqaruvchisi xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

​15 avgust kuni Toshkent shahar FVBB navbatchilik qismiga Uchtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududida joylashgan uylardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushdi.

​Xabar olinishi bilan shahar FVBB va FVV Maxsus qutqaruv bataloni qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻinni bartaraf etishga kirishgan.

​Yongʻinning dastlabki soniyalaridanoq qutqaruvchilar uni bartaraf etish bilan bir qatorda, xonadonda boʻlgan aholini zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qoldilar.

Aytilishicha, FVV Maxsus qutqaruv bataloni otryad komandirining oʻrinbosari – guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev ham jasorat koʻrsatib, insonlar hayotini qutqardi. Biroq yongʻinni bartaraf etish jarayonida kapitan Boburmirzo Pardayev qahramonlarcha halok boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid