platina.uz
Madaniyat

"Amirsoy Resort" yozning eng kutilgan voqealaridan biriga mezbonlik qiladi

Ilk bor dengiz sathidan 1681 metr balandlikda "Amirsoy Paradiso" loyihasining konserti boʻlib oʻtadi. Musiqa Oʻzbekiston Davlat simfonik orkestri hamda Respublika orkestrlar va xor jamoalari Ijodiy birlashmasi ijrosida yangraydi. 

"Amirsoy Resort" yozning eng kutilgan voqealaridan biriga mezbonlik qiladi

15 va 16 avgust kunlari "Amirsoy Resort" yozning eng yorqin va kutilgan voqealaridan biriga mezbonlik qiladi. Ilk bor dengiz sathidan 1681 metr balandlikda uzoq kutilgan "Amirsoy Paradiso" loyihasining konserti boʻlib oʻtadi.

Goʻzal musiqa Oʻzbekiston Davlat simfonik orkestri hamda Respublika orkestrlar va xor jamoalari Ijodiy birlashmasi ijrosida yangraydi. Dirijyor — Oʻzbekiston xalq artisti Kamoliddin Oʻrinboyev sanaladi.

Jahon zamonaviy klassikasining afsonaviy asarlari, kechki nafosat muhiti, Tyan-Shan togʻlari bagʻridagi yorugʻlik shou va tungi sahna bezagining betakror uygʻunligi, Amirsoy kurortining yulduzli osmoni ostida yangraydigan isteʼdodli yosh ijodkorlarning jonli ijrosi — musiqa romantikasi, his-tuygʻular simfoniyasi va zavq-shavq energiyasi kechaning asosiy bezaklariga aylanadi.

Mehmonlarning qulayligi va komforti uchun:

Transfer: shahardan kurortgacha maxsus transfer tashkil etiladi.

Kanat yoʻli: Amirsoy EXPRESS kanat yoʻlida koʻtarilish va tushish chipta narxiga kiritilgan.

Welcome drink: kecha boshlanishidan avval mehmonlarni aperitivlar, yengil gazaklar va kanapelar kutib oladi.

Loyihaning birinchi konserti Amirsoy yulduzli osmoni ostidagi anʼanaviy musiqiy kechalar turkumini ochib beradi — bu yerda uygʻunlik, goʻzallik va ulugʻvorlik birlashadi.

Roppa-rosa 10 yil avval, 2016 yilda, ochiq osmon ostida simfonik musiqa konsertlarining ushbu goʻzal tarixi boshlangan edi. Bir necha yil davomida isteʼdodli musiqachilar Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr favvoralar maydonida minglab tomoshabinlarni jamladilar. Yorqin dasturlar, jonli ijro va ochiq maydonda tomoshabinlar qarshisida namoyon boʻlgan simfonik orkestr poytaxtning haqiqiy trendi va sevimli tadbiriga aylandi.

2019 yilda musiqachilar mamlakat boʻylab gastrol safarlariga chiqib, viloyatlardagi tomoshabinlarni haqiqiy jonli orkestr ijrosiga oshno qildilar. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida 28 ta ajoyib konsert boʻlib oʻtdi. Aynan shu tarzda respublikaning har bir hududida simfonik orkestrlar tashkil etish gʻoyasi paydo boʻldi.

Endi, oradan 10 yil oʻtib, konsertlarimiz Oʻzbekistonning togʻ choʻqqilarini zabt etmoqda. Bu safar sahnada Oʻzbekiston orkestrlar va xor jamoalari katta Ijodiy birlashmasi ishtirok etadi.

Har yilgi AMIRSOY PARADISO loyihasi — musiqa, togʻlar, uygʻunlik va abadiyat timsolidir.

Tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot:

  • Maydon ochilishi: 19:00
  • Manzil: Amirsoy bosh maydoni
  • Kunlik umumiy sigʻim: 2 000 nafar mehmon
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid