“Toshkent metropoliteni” DUK aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi
2021 yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgan Rahmonbek Usmonov esa lavozimida qoldi.

“Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Ushbu oʻzgarish asnosida 2021 yildan buyon “Toshkent metropoliteni”ga rahbarlik qilib kelayotgan Usmonov Rahmonbek Jahongirovich esa lavozimida qoldi.
U metropoliten boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Rahmonbek Usmonov (1960 yilda tugʻilgan, Toshkent yoʻl instituti bitiruvchisi-1982) 2011 yildan 2018 yilning apreligacha Toshkent shahri hokimi sifatida ishlagan.
