Qoʻshni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Oʻzbekistonga ham taʼsir qildi
Qozogʻistonning qator hududlarida ommaviy uzilishlar kuzatilgan. Oʻzbekistonda esa Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr taʼminotida uzilish kuzatildi.

Qoʻshni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga taʼsir koʻrsatdi.
Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr taʼminotida uzilish kuzatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Xabarlarga koʻra, Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida elektr taʼminotida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda.
Xususan, Olmaota va Olmaota viloyatida 500 kV havo elektr uzatish liniyalarining favqulodda uzilishi natijasida elektr uzilishlari yuz berdi, deb xabar beradi inAlmaty.kz.
"KEGOC" AJga tegishli 500 kV L-5400, L-5300 va L-5320 elektr uzatish liniyalarining favqulodda uzilishi natijasida kompaniyaning favqulodda boshqaruv tizimi ishga tushirildi.
“Milliy elektr tarmoqlari” AJga koʻra, yagona energetika tizimida bir necha pogʻonali avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlagan. Tarmoqlarga navbatma-navbat kuchlanish berish ishlari amalga oshirilmoqda.
