platina.uz
Siyosat

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi toʻgʻrisidagi qonunga sharh berdi

 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish boʻyicha huquqiy boʻshliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi toʻgʻrisidagi qonunga sharh berdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi toʻgʻrisidagi qonunga sharh berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

​Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish boʻyicha huquqiy boʻshliq mavjud edi.

Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

​Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi.

Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini taʼminlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

​Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat boʻlib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini taʼminlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

​– Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan taʼminlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

​– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga boʻysunadi va hisobdor boʻladi.

​Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

​– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy taʼminlash;

​– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashish;

​– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

​– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

​– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

​– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

​– Prezidentga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

​Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

​Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

​Administratsiya Prezidentga bevosita boʻysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

​Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid