platina.uz
Jamiyat

Toshkent aeroportida Tailanddan olib kelingan sintetik narkotiklar aniqlandi

Amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday jinoyatlar sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. 

Toshkent aeroportida Tailanddan olib kelingan sintetik narkotiklar aniqlandi

Tailanddan olib kelingan sintetik narkotiklar fosh etildi

DXX tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi.

Jumladan, “Bangkok – Toshkent” yoʻnalishida uchib kelgan 2004 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan va 1993 yilda poytaxtda tugʻilgan 2 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Natijada, ularga tegishli yuklar ichida shisha va alyuminiy idishlarga qadoqlab, yashirilgan 4,6 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, ularning poytaxtdagi yashash manzili koʻzdan kechirilganda 1,5 litr gashish moyi va 8 litr erituvchi vositalar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijdan keltirilgan narkotik moddalarni Toshkent shahrida qabul qilib olgan vaqtida 1997 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan shaxs ushlanib, undan ham 635 gr “ALFA-PVP” giyohvandlik vositasi olindi.

Hozirda ushbu narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkilash lozim, amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday jinoyatlar sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid