Ruslanbek Davletov lavozimidan ozod etildi
U Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
