platina.uz
Jamiyat

Namangandagi yashirin omborda katta miqdordagi sifatsiz dorilar topildi

Ushbu dori vositalari qoʻshni respublika hududidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan va kelgusida sotish maqsadida sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlangan. 

Namangandagi yashirin omborda katta miqdordagi sifatsiz dorilar topildi

Namanganda 577 mln soʻmlik hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qoʻmitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Namangan shahridagi uylardan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda 1996 y.t. fuqaro tomonidan kelgusida sotish maqsadida sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlab kelinayotgan dori vositalari borligi aniqlandi.

Xususan, tegishli hujjatlari boʻlmagan hamda sifati kafolatlanmagan 56 turdagi jami 13184 dona dori vositalari, jumladan, “Sefotaksim”, “Bifidumbakterin”, “Atropin”, “Tidomet forte” va boshqa turdagi preparatlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlanishicha, ushbu “yashirin ombor”da saqlanayotgan dori vositalari qoʻshni respublika hududidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan.

Baholash xulosasiga koʻra, ularning umumiy qiymati 577 mln 381 ming soʻmni tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid