Shavkat Mirziyoyevga Tatariston rahbari hamdardlik bildirdi
10 avgust kuni respublikaga dronlar hujum qildi. Oqibatda 8 oʻzbekistonlik halok boʻldi.

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Nijnekamskka qilingan dron hujumida fuqarolarning halok boʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda jurnalistlarga respublika matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
"Rustam Minnixanov Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik telegrammalarini yubordi. Yotoqxonada halok boʻlganlar orasida ularning fuqarolari bor, jami toʻqqiz kishi", deb xabar berdi matbuot xizmati.
Hujum natijasida bir tojikistonlik va sakkiz oʻzbekistonlik halok boʻldi. Minnixanov oʻz telegrammalarida marhumlar va jarohatlanganlarning oilalariga barcha zarur yordam koʻrsatilishini taʼkidladi.
10 avgust kuni respublikaga dronlar hujum qildi. Hujum sanoat va fuqarolik obʼektlariga qaratilgan edi. Oʻn uch kishi, jumladan, bir bola halok boʻldi. 70 dan ortiq odam tibbiy yordam soʻrab murojaat qildi, 21 kishi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabab jinoiy ish qoʻzgʻatildi (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi). 10 avgust respublikada motam kuni deb eʼlon qilindi.
