Olti nafar IIB rahbari ishdan olindi, yetti mansabdorga esa qattiq intizomiy chora koʻrildi
Ular respublika hududidagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Toshpoʻlatov rahbarligida Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda, birinchi navbatda 2026 yilning 6 oyda Respublika hududidagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar muhokama qilindi.
476 ta mahallar “qizil” toifada qolayotganligi keskin tanqid qilindi.
Sud va tergov organlaridan yashirinib, javobgarlikdan qochib yurgan qidiruvdagi 5 010 nafar shaxs qoʻlga olinib, keyingi jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi. Yashash manzilidan chiqib ketgan va bedarak yoʻqolgan 2 616 nafar shaxs qisqa fursatlarda aniqlanib, xavfli vaziyatlarni oldini olindi va ular oilasi bagʻriga qaytarildi.
Oʻtgan 6 oyda davomida respublika hududidagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli 6 nafar shahar va tuman ichki ishlar organlari boshliqlari, 2 nafar ularning jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosarlari va 2 nafar viloyat ichki ishlar boshqarmalarining masʼul rahbarlarini lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, 7 nafar rahbarlarga qattiq intizomiy jazo hamda 3 nafar rahbarning lavozimida qolish yoki qolmaslik masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Hayʼat qarori qabul qilindi.
Shu bilan birga reyting natijalariga koʻra, oldini olishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni sodir etilishiga yoʻl qoʻymagan va tashabbus bilan jinoyatlarni aniqlashda eng yaxshi natijalarga erishgan – birinchi oʻrin Toshkent viloyati, ikkinchi oʻrin Samarqand viloyati va uchinchi oʻrinni egallagan Fargʻona viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari, shuningdek Navoiy viloyatining Karmana, Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon, Fargʻona viloyatining Quva, Toshkent shahrining Yunusobod, Namangan viloyatining Namangan, Buxoro viloyatining Jondor, Toshkent viloyatining Piskent hamda Jizzax viloyatining Yangiobod tumanlari IIB rahbarlarini oʻrnatilgan tartibda ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritildi.
