Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Prezident farmoniga koʻra, 2026 yil 31 avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni deb belgilangan.

Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligi nishonlanadigan kunlarda nnecha kkun dam beriladi?
Prezident farmoniga koʻra, 2026 yil 31 avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni deb belgilangan.
Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket toʻrt kun (29 avgust – 1 sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30 avgust – 1 sentabr) dam oladi.
Demak, unga koʻra:
- 29 avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
- 30 avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
- 31 avgust, dushanba – barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni
- 1 sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni
2 sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni sanaladi.
