Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi start oldi
Telegram gʻoliblarga 117 000 dollarlik mukofotlar topshiradi. Bu haqda Pavel Durov maʼlum qildi.

Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) start oldi: Telegram gʻoliblarga 117 000 dollarlik mukofotlar topshiradi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov maʼlum qildi.
Bugun Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi — Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) oʻz ishini boshladi.

Dunyoning eng iqtidorli yosh dasturchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Telegram kompaniyasi musobaqaning 235 nafar gʻolibiga umumiy qiymati kamida 117 000 AQSh dollariga teng boʻlgan eksklyuziv raqamli kolleksiya buyumlarini — "Algorithm Cups" (Algoritm kuboklari)ni topshirishini eʼlon qildi.
Eʼtiborlisi, Telegram jamoasining koʻplab aʼzolari oʻz vaqtida aynan ushbu informatika olimpiadasida (IOI) medal sohibi boʻlishgan.
Musobaqaning Al-Xorazmiy vatani — Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgani alohida ramziy maʼnoga ega. Algebra fanining asoschisi boʻlmish ushbu buyuk allomaning nomi bugungi kunda dunyo boʻylab qoʻllaniladigan "algoritm" soʻziga asos boʻlgan.
