platina.uz
Jamiyat

Tataristondagi holat boʻyicha hukumat komissiyasi tuzildi

Hukumat komissiyasiga hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarning holidan xabar olish va ularga barcha zarur yordam koʻrsatish, halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini havo transportida maxsus reys orqali olib kelish va tegishli manzillarga yetkazish, shuningdek ularning oila aʼzolariga har tomonlama koʻmaklashish vazifalari yuklatildi.

Tataristondagi holat boʻyicha hukumat komissiyasi tuzildi

Rossiyada dron hujumi sabab halok boʻlgan oʻzbekistonliklar ishi boʻyicha hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

2026 yil 10 avgust kuni tongda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahrida joylashgan bir qator obʼektlarga uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) orqali hujum sodir boʻldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu hodisa oqibatida Nijnekamsk shahri hududida faoliyat yuritgan qurilish korxonasida quruvchi boʻlib ishlagan jami 8 nafar Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlgan hamda bir nechta fuqarolarimiz turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Unga koʻra, Hukumat komissiyasiga hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarimizning holidan xabar olish va ularga barcha zarur yordam koʻrsatish, halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini havo transportida maxsus reys orqali olib kelish va tegishli manzillarga yetkazish, shuningdek ularning oila aʼzolariga har tomonlama koʻmaklashish vazifalari yuklatildi.

Shuningdek, farmoyishga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat Maxsus ishchi guruh Rossiya Federatsiyasiga yuborilib, barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda hodisa joyiga Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari yetib borib, rossiyalik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlgan holda, hamkorlikda tezkor chora-tadbirlarni koʻrmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid