platina.uz
Jahon

OAV: AQSh Isroildan urushlarni toʻxtatishni talab qildi

Bu talablar Isroil xavfsizlik rasmiylarining noroziligiga sabab boʻlgan. 

OAV: AQSh Isroildan urushlarni toʻxtatishni talab qildi

Channel 13 kanali xabar berishicha, Qoʻshma Shtatlar Isroildan Eron, Livan va Gʻazo sektoridagi harbiy operatsiyalarni toʻxtatishni talab qilmoqda.

Kanalga koʻra, CENTCOM qoʻmondoni admiral Bred Kuper Vashingtonning pozitsiyasini Isroil rahbarlariga yetkazgan.

​Kanalga koʻra, amerikaliklar qurolli guruh qoʻmondonlariga qaratilgan suiqasdlarni toʻxtatishda ham turib olishmoqda. Bu talablar Isroil xavfsizlik rasmiylarining noroziligiga sabab boʻldi.

​Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat Tinchlik Kengashi tomonidan taklif qilingan va AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Gʻazodan qoʻshinlarni olib chiqish boʻyicha 15 banjdan iborat rejani rad etganini eʼlon qildi.

Isroil bosh vaziri HAMAS toʻliq qurolsizlantirilmaguncha armiya Gʻazodan chiqmasligini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid