platina.uz
Jahon

Malayziya bosh vaziri shifoxonaga yotqizildi

Anvar Ibrohim Malayziya hukumatiga 2022 yildan buyon rahbarlik qiladi.  U 79 yoshni qarshi olgan. 

Malayziya bosh vaziri shifoxonaga yotqizildi

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim shifoxonaga yotqizildi. Uning shifoxonaga yotqizilishi churra operatsiyasi sabab rejali tarzda amalga oshirildi, deydi shifokorlar Reuters agentligiga.

Anvar Ibrohim ikki kun davomida kuzatuv ostida qoladi.

"U hozirda fizioterapiya muolajalarini oʻtamoqda va uning sogʻayishini kuzatayotgan tibbiy mutaxassislar guruhi nazorati ostida", deyiladi shifokorlar bayonotida.

Malayziya Bosh vaziri 79 yoshda. Reuters xabar berishicha, janob Ibrohim bel ogʻrigʻi tufayli 2025 yil noyabr oyida Paxangga safarini bekor qilgan.

Doimiy tekshiruvdan oʻtgandan soʻng, uning sogʻligʻi yaxshi ekanligi tasdiqlandi. Anvar Ibrohim Malayziya hukumatiga 2022 yildan buyon rahbarlik qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid