platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada Kadastrlar palatasi filiali rahbari qoʻlga olindi

U noqonuniy qurilgan savdo doʻkoniga nisbatan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirib, qonuniy chora koʻrilmasligini taʼminlash vaʼdasi evaziga 600 AQSh dollari olgan, lekin uni bajarmagan. 

Fargʻonada Kadastrlar palatasi filiali rahbari qoʻlga olindi

Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Davlat kadastrlari palatasining Fargʻona viloyati tumanlaridan biridagi filiali rahbari 1990 y.t. fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo doʻkoniga nisbatan Kadastr agentligining tuman boʻlimi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirib, qonuniy chora koʻrilmasligini taʼminlash evaziga joriy yilning iyul oyi boshlarida 600 AQSh dollari olgan.

Lekin, mansabdor shaxs vaʼdasini bajarmasdan, fuqaroga 500 AQSh dollari qaytarib bergan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu noqonuniy holat fosh etilib,

Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid