platina.uz
Siyosat

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda Vashington sammitiga bir yil toʻlgani munosabati bilan Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilindi. 

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

8 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Suhbatda Vashington sammitiga bir yil toʻlgani munosabati bilan Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar uzoq yillik mojaroga barham berilganini taʼkidladi.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, TRIPP transport loyihasi va mintaqada transport bogʻliqligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Aliyev Trampga Vashington sammitidagi roli va Ozarbayjonni G20 sammitiga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Ozarbayjon–AQSh strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid