platina.uz
Madaniyat

Kinoaktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

U rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli bilan elga tanilgan.

Kinoaktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Abdumannon Ubaydullayev kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli bilan elga tanilgan.

U bugunga qadar “Omad”, “Soʻnggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yigʻlamasin”, “Aldangan koʻngil”, “Mehr” kabi koʻplab badiiy filmlarda va bir qancha milliy teleseriallarda rollar ijro etgan.

Ijodkor bugunga qadar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talaba yoshlarga taʼlim berayotgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid