Futbolchi Behruz Karimov Yevropa klubiga oʻtdi
JChda eʼtiborga tushgan oʻyinchi Shveysariyaning "Lugano" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi Behruz Karimov Yevropa klubiga oʻtdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Termizning "Surxon" klubi futbolchisi Behruz Karimov Shveysariyaning "Lugano" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
"Futbolchi yangi klubi uchun Toshkentda tibbiy koʻrikdan oʻtdi va u yerda shartnoma imzoladi. Behruz Shveysariya ish vizasini olishi bilanoq "Lugano"ga yoʻl oladi", deyiladi OAV xabarida.
Maʼlumot uchun, "Lugano" 1908 yilda tashkil etilgan. Bu mavsumda jamoa Konferensiya Ligasining ikkinchi saralash bosqichiga yoʻllanma oldi.
