Tailanddagi maktabda otishma: yetti kishi halok boʻldi
Ushbu maktab oʻquvchilarni universitetga kirishga tayyorlash boʻyicha mamlakatdagi eng yaxshi maktablardan biri hisoblanadi. U 7-12-sinf oʻquvchilariga taʼlim beradi.

Bangkok shimolidagi maktabda sodir boʻlgan otishmada yetti kishi halok boʻldi.
Nonthaburi viloyat politsiya boshqarmasi xabariga koʻra, hujumchi ham oʻlgan.
Jinoyatchidan tashqari, uchta oʻqituvchi va uchta oʻquvchi halok boʻlgan, deyiladi bayonotda. Yana 17 kishi jarohatlangan, ulardan ikkitasi ogʻir ahvolda. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, toʻqqizinchi sinf oʻquvchisi Txepsirin oʻrta maktabida otishmani amalga oshirgan. Hujumchi oʻz joniga qasd qilgan.
Tailandning "Khaosod" gazetasining xabar berishicha, politsiya hujumchi yashagan uyda yana ikkita jasadni - yigitning bobosi va buvisini topdi. Hujumchining otasi soʻroq qilinmoqda.
Txepsirin oʻrta maktabi oʻquvchilarni universitetga kirishga tayyorlash boʻyicha mamlakatdagi eng yaxshi maktablardan biri hisoblanadi. U 7-12-sinf oʻquvchilariga taʼlim beradi.
