platina.uz
Jamiyat

Kottej savdosida tovlamachilik qilgan aka-ukalar qoʻlga olindi

Ular uyni 66 ming AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulning bir qismini berishdan bosh tortishgan. 

Kottej savdosida tovlamachilik qilgan aka-ukalar qoʻlga olindi

Kottej savdosi bilan bogʻliq tovlamachilikka chek qoʻyildi.

Toshkent shahrida yashovchi, 1979 y.t., muqaddam sudlangan shaxs hamda uning 1988 y.t. ukasi oʻzaro til biriktirib, mahalliy fuqaro tomonidan Toshkent tumanida qurilgan kottej uyni 66 ming AQSh dollariga sotib olishga kelishishgan.

​Dastlab ular uy egasiga 30 ming AQSh dollari berib, qolgan 36 ming dollarni 6 oy muddat ichida berishlarini aytishgan hamda 2022 yilning may oyida kottejni 1976 y.t. oʻz akasi nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olishgan.

​Ammo, keyinchalik aka-uka qolgan 36 ming dollarni bermasliklarini aytib, agarda pulni soʻrasa, fuqaroga nisbatan tazyiq oʻtkazish bilan qoʻrqitishgan.

​DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida aka-uka qoʻlga olinib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid