Bir yilda 11 mingdan ortiq ayol oʻzidan yoshi kichik erkaklarga turmushga chiqdi
Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Eng koʻp holat Toshkent shahrida kuzatilgan.

Oʻzbekistonda 1 yilda 11 mingdan ortiq ayollar oʻzidan yoshi kichik erkaklarga turmushga chiqqan.
Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Unga koʻra, 2025 yilda Oʻzbekistonda qayd etilgan 11 040 ta nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta boʻlgan.
Bu koʻrsatkich hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri — 1 809 ta;
Xorazm viloyati — 1 066 ta;
Qashqadaryo viloyati — 995 ta;
Buxoro viloyati — 979 ta;
Samarqand viloyati — 967 ta;
Toshkent viloyati — 928 ta;
Surxondaryo viloyati — 850 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 772 ta;
Fargʻona viloyati — 715 ta;
Namangan viloyati — 509 ta;
Andijon viloyati — 486 ta;
Jizzax viloyati — 373 ta;
Navoiy viloyati — 351 ta;
Sirdaryo viloyati — 240 ta.
