Zangiotadagi doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi
Jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda yongʻin qurshab olingan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi doʻkonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
6 avgust kuni soat 12:29 da Toshkent viloyati Zangiota tumani "Tokzor" mahallasi hududida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVB navbatchilik qismiga xabar kelib tushdi.
Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari yetib borib, ayni vaqtda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hozirga qadar jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Hozirda yongʻin qurshab olingan.
