platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonga mol goʻshti eng koʻp Hindistondan keltirilayotgani ochiqlandi

 2026 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 359,5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 72 ming tonna mol goʻshti import qilingan. 
 

Oʻzbekistonga mol goʻshti eng koʻp Hindistondan keltirilayotgani ochiqlandi

Oʻzbekistonga mol goʻshti qaysi davlatlardan import qilinayotgani boʻyicha maʼlumot berildi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2026 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 359,5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 72 ming tonna mol goʻshti import qilingan.

Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6 ming tonnaga yoki 9,1 foizga oshgan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp mol goʻshti yetkazib bergan davlatlar:

Hindiston – 33,9 ming tonna

Belarus – 19,6 ming tonna

Qozogʻiston – 10,6 ming tonna

Pokiston – 4 ming tonna

Boshqa davlatlar – 4 ming tonna.

Taʼkidlash kerak, oʻtgan 2025 yil davomida Oʻzbekistonda 2 mln 988 ming tonna goʻsht yetishtirildi. Bu avvalgi yilga nisbatan atigi 1,5 foizga koʻproq boʻldi. Aholining goʻshtga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Oʻzbekiston xorijdan goʻsht olib kelishni ham sezilarli koʻpaytirgan. Jumladan, 2025 yilda 868,9 mln dollarlik goʻsht import qilingan boʻlsa, bu 2024 yilga nisbatan 70 foizga koʻproq boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid