platina.uz
Jamiyat

42,5 mlrd soʻmlik soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlagan MChJ masʼullari aniqlandi

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi vakillari esa mazkur MChJlarda oʻtkazilgan audit tekshiruvlarida dalolatnomalarni 5,2 mlrd soʻm soliqlarni hisoblamasdan rasmiylashtirgan. 

42,5 mlrd soʻmlik soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlagan MChJ masʼullari aniqlandi

Toshkent viloyatida soliqdan qochganlar va soliq hisoblamagan soliqchilar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Soliq qoʻmitasi hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda 6 ta MChJ masʼul shaxslari va boshqalar 32,6 mlrd soʻmlik qoʻshilgan qiymat soligʻini byudjetdan qaytarib olib, 195,9 mlrd soʻmlik mahsulotlarni naqd pulga sotib, savdodan tushgan pullarni bankka topshirmasdan juda koʻp miqdordagi savdo qoidalarini buzib, 42,5 mlrd soʻmlik soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlar.

Tekshiruvda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi masʼul shaxslari tomonidan mazkur MChJlarda oʻtkazilgan audit tekshiruvlarida tekshiruv dalolatnomalarini 5,2 mlrd soʻm soliqlarni hisoblamasdan rasmiylashtirganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid