platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 356 nafar fuqaroning mulkiy huquqlari eʼtirof etildi

Kadastr muhandislari tomonidan poytaxt mahallalarida joylashgan 70 000 dan ziyod koʻchmas mulk obʼekti toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. 

Toshkentda 356 nafar fuqaroning mulkiy huquqlari eʼtirof etildi

Toshkent shahrida 356 nafar fuqaroning mulkiy huquqlari eʼtirof etildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdagi sessiyasida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan xatlov ishlari natijalari eʼlon qilindi.

Unda yana 356 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari, ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.

Shu tariqa, Toshkent shahrida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosi boʻyicha huquqlari eʼtirof etilgan fuqarolar soni 402 nafarga yetdi.

Bugungi kunga qadar kadastr muhandislari tomonidan poytaxt mahallalarida joylashgan 70 000 dan ziyod koʻchmas mulk obʼekti toʻliq xatlovdan oʻtkazildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid