platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 15 avgustdan "Maktab bozorlari" oʻz faoliyatini boshlaydi

Bu haqda shahar hokimining yangi qarori eʼlon qilindi. Hujjatda maktab bozorlari tashkil etiladigan joylar maʼlum qilingan. 

Toshkentda 15 avgustdan "Maktab bozorlari" oʻz faoliyatini boshlaydi

Toshkentda 15 avgustdan "Maktab bozorlari" oʻz faoliyatini boshlaydi. Bu haqda 5 avgust kuni Toshkent shahar hokimining yangi qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra, yangi oʻquv yili oldidan ota-onalar va oʻquvchilarga qulaylik yaratish hamda zarur mahsulotlar hamyonbop va yetarli miqdorda boʻlishini taʼminlash maqsadida 2026-yilning 15 avgustidan 1 oktabriga qadar poytaxtdagi umumtaʼlim maktablarida, dehqon bozorlarida hamda yirik savdo komplekslarida vaqtinchalik "Maktab bozorlari" tashkil etiladi.

Poytaxtdagi 14 ta yirik bozor va savdo majmualarida jami 256 ta savdo oʻrni ajratiladi. Ushbu rastalar quyidagi manzillarda joylashadi:

​«Eski joʻva dehqon bozori» — 40 ta joy (bozor hududidagi 8 qirra katta zinadan tushgan joyda, TIM-1, TIM-2 va ochiq metro atrofida);

​«Chilonzor buyum savdo kompleksi» — 40 ta joy (savdo kompleksi hududida);

​«Aviasozlar dehqon bozori» — 35 ta joy (avtoturargoh hududidagi maydonlarda);

​«Sergeli dehqon bozori» — 33 ta joy (Sergeli-2, 4, 6, 7 mavzelari, yer osti oʻtish yoʻli, Sergeli-1 shoxobchasi va Qoʻyliq-5 mavzesida);

​«Chilonzor dehqon bozori» — 20 ta joy (Bunyodkor va Farhod koʻchalari kesishuvi, Katta Chilonzor-3 MFY);

​«Oʻrikzor savdo kompleksi» — 18 ta joy (asosiy kirish darvozasining chap tomonida);

​«Farhod dehqon bozori» — 15 ta joy (Farhod koʻchasi-30, yarmarka orqa tomoni va asosiy kirish darvozasi yonida);

​«Yunusobod dehqon bozori» — 15 ta joy («Yunusobod dehqon bozori» AJ hududida);

​«Navroʻz dehqon bozori» — 12 ta joy (asosiy bozor hududida);

​«Mirobod dehqon bozori» — 10 ta joy (Avliyoota koʻchasi, bozor kirish qismida);

​«Qoʻyliq dehqon bozori» — 6 ta joy (bozor hududidagi boʻsh maydonlarda);

​«Askiya dehqon bozori» — 5 ta joy (Shota Rustaveli koʻchasi tomonidan kirish va orqa kirish qismida);

​«Chorsu buyum savdo kompleksi» — 5 ta joy (asosiy kirish qismida va DM-74 atrofida);

​«Qoraqamish dehqon bozori» — 2 ta joy (Tansiqboyev shoxobchasida).

Maktab yarmarkalari boʻladigan umumtaʼlim maktablari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid