platina.uz
Jamiyat

Migratsiya agentligi masʼullari 1 mlrd soʻmdan oshiq byudjet pullarini talon-toroj qilgani aniqlandi

Ular xodimlarga ishlamagan davri va intizomiy jazo paytida ham ish haqi toʻlab berishgan.  

Migratsiya agentligi masʼullari 1 mlrd soʻmdan oshiq byudjet pullarini talon-toroj qilgani aniqlandi

Migratsiya agentligida 1 mlrd soʻmdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda Migratsiya agentligining masʼul shaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ning amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln soʻm ish haqi sifatida hamda intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 mln soʻm toʻlab berishgan. Natijada byudjet mablagʻlarini rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid